Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Juninyo: «Neymar «PSJ»ga pul uchun o‘tgan»

Juninyo: «Neymar «PSJ»ga pul uchun o‘tgan»

Автор: admin

Braziliyalik taniqli futbolchi Juninyo vatandoshi Neymarning 2017 yilda «Barselona»dan «PSJ»ga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Braziliyada bizni faqat pul haqida o‘ylashga o‘rgatishadi, lekin Yevropada o‘zgacha mentalitet. Men o‘z faoliyatimni reja asosida yo‘lga qo‘yganman. Men Braziliyaning boy klubiga o‘tishni istaganman. Menga qayerda ko‘proq pul to‘lashsa, o‘sha joyga o‘tishni maslahat berishgan. Braziliyaning yo‘li shunday.

Neymarga qarang. U «PSJ»ga faqat pul uchun o‘tgan. «PSJ» unga o‘zi istagan barcha narsani berdi. Endi esa u shartnoma yakunlanmasidan avval ketishni istamoqda. Aslida esa minnatdorchilik bildirishi va buning to‘lovini to‘lash payti keldi. Neymar maydonda to‘la kuch bilan o‘ynashi, jonbozlik ko‘rsatishi, mas’uliyat va yetakchilik qobiliyatini namoyish etishi kerak.

Braziliyada ko‘z to‘ymaslik xislati rivojlangan. Bu yerda hamisha ko‘p pul istashadi», — dedi Juninyo.
Manba: sport24.ru
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *