Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lyuk Shou: «2014 yil «MYU»ga kelgan bo‘lsam-da, o‘zimizga bo‘lgan ishonch hech qachon hozirgidek yuqori bo‘lmagan»

Lyuk Shou: «2014 yil «MYU»ga kelgan bo‘lsam-da, o‘zimizga bo‘lgan ishonch hech qachon hozirgidek yuqori bo‘lmagan»

Автор: admin

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuk Shou jamoadagi futbolchilarning kayfiyati va klubdagi ichki muhit haqida gapirdi.
«So‘nggi yillarda o‘yinimiz va natijalarimiz yaxshi bo‘lmadi. Avvalgi yillarda o‘yinimiz hozirgidek chiqmagandi. Bugunga kelib juda ko‘p narsa ijobiy tomonga o‘zgardi. O‘zimizga bo‘lgan ishonch hech qachon hozirgidek yuqori bo‘lmagan. Mashg‘ulotda ham, o‘yinda ham hamma futbolchilar katta ishonch bilan harakat qilishmoqda. 2014 yil klubga kelgan bo‘lsam bugungidek baxtiyor, o‘zimizga bo‘lgan ishonch hozirgidek yuqori bo‘lmagandi.
Burilish nuqtasi? Menimcha, safarda «Bornmut»ga uchragan mag‘lubiyatimiz (1:0) bo‘ldi. O‘shanda kerakli o‘yin va natijaga erisha olmagandik. Bosh murabbiy katta hajmdagi ishlarni bajardi. Bruno Fernandesh safga qo‘shilgach, qolaversa jarohat olganlar tarkibga qaytgach, jamoa o‘ziga ishona boshladi.
Mashg‘ulotlarimiz quvnoq, yaxshi kayfiyatda o‘tmoqda. Har bir o‘yin va mashg‘ulotlarda jamoa zavqlanib harakat qilayotgani sezilayapti. Fikrimcha, muvaffaqiyatli jamoaga aylanish uchun bu muhim edi. Barchamiz maqsadimiz sari birga harakat qilayapmiz, o‘ylaymanki mavsum oxirida niyatimizga yetamiz», - deya Lyuk Shouning so‘zlarini keltirmoqda MEN.
Ma’lumot uchun, «MYU» so‘nggi uchrashuvda «Bornmut» ustidan 5:2 hisobida zafar quchib, mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini 16ta o‘yinga yetkazdi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *