Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» rahbariyati Grizmann bilan uchrashib, futbolchi borasida aniq qarorga keldi

«Barselona» rahbariyati Grizmann bilan uchrashib, futbolchi borasida aniq qarorga keldi

Автор: admin

Fransiyalik hujumchi Antuan Grizmann keyingi mavsumda ham «Barselona»da qoladigan bo‘ldi, deya yozmoqda Sport.es.
Manbaning yozishicha, Kataloniya klubi rahbariyati fransiyalik futbolchi bilan muzokara o‘tkazgan. Tomonlar suhbatida klub Grizmanndan umidi katta ekanligini aytib, unga ishonch bildirgan va Antuanning kelasi mavsumda hech qayerga ketmasligi ma’lum qilingan.
Oldinroq, kataloniyaliklarning Grizmanni uchta klub - «Pari Sen-Jermen», «Inter» va «Yuventus»ga taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, futbolchining zaxirada qolayotgani bois «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» ham unga qiziqish bildirgan. Ushbu gap-so‘zlardan keyin Grizmanning vakillari klub rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Ma’lumot uchun, Grizmann 2019 yilda 120 million yevro evaziga «Atletiko»dan «Barselona»ga o‘tib, 5 yillik shartnoma imzolagan edi. Hujumchi La Liga joriy mavsumida 33 o‘yinda 9ta gol va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *