Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Pogba yana «Real»ning yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadiga aylandi

Pogba yana «Real»ning yozgi transfer oynasidagi bosh maqsadiga aylandi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi asosiy e’tiborini yana «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbaga qaratgan, deya xabar bermoqda Daily Mail.
Oldinroq, «Real» Fransiyaning «Renn» klubi 17 yoshli yarimhimoyachisi Eduardo Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olish harakatini boshlagani haqida xabar tarqalgandi. Biroq «qirollik klubi» bu futbolchi uchun katta mablag‘ sarflamoqchi emasligi tufayli muzokaralar to‘xtagan. Manbaning ma’lum qilishicha, Zineddin Zidan yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi sifatida Pol Pogbani Madridga taklif etishni ko‘rmoqda. Klub mavsum yakunida Pogba borasida «MYU»ga taklif bilan chiqishni rejalashtirgan.
Pogbaning Manchester klubi bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan. Biroq klub fransiyalik yarimhimoyachini o‘z safida qoldirish yo‘llarini izlamoqda.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *