Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Restartdan keyin Yevropaning eng yaxshi o‘yinchilari reytingi tuzildi (top-15)

Restartdan keyin Yevropaning eng yaxshi o‘yinchilari reytingi tuzildi (top-15)

Автор: admin

"Bleacher Report" tomonidan Yevropa milliy chempionatlari qayta boshlanganidan keyin eng yaxshi o‘yinchilar reytingi tuzib chiqildi.

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski ro‘yxatning yuqori pog‘onasini egalladi. Polshalik futbolchi restartdan keyin 10ta o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi hamda jamoasining Bundesliga va Germaniya kubogida g‘olib chiqishga yordam berdi.

Ikkinchi o‘rinni «Barselona» sardori Lionel Messi egalladi. Argentinalik futbolchi restartdan so‘ng 7ta o‘yinda 3ta gol urib, 7ta golga uzatma berdi.

Kuchli uchlikni «Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne yakunlab berdi. Belgiyalik futbolchi 6ta uchrashuvda 4ta gol urib, bitta golga pas berdi. "Real" futbolchilari Karim Benzema va Serxio Ramos kuchli beshlikka kiritildi.

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa bor-yo‘g‘i 10-pog‘onaga joylashtirildi. U 7ta uchrashuvda 5ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Reytingning to‘liq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ldi:

1. Robert Levandovski («Bavariya»)
2. Lionel Messi («Barselona»)
3. Kevin De Breyne («Manchester Siti»)
4. Karim Benzema («Real»)
5. Serxio Ramos («Real»)
6. David Alaba («Bavariya»)
7. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»)
8. Kay Xavers («Bayer»)
9. Tomas Myuller («Bavariya»)
10. Krishtianu Ronaldu («Yuventus»)
11. Pol Pogba («Manchester Yunayted»)
12. Paulo Dibala («Yuventus»)
13. Yozua Kimmix («Bavariya»)
14. Alfonso Devis («Bavariya»)
15. Markos Lyorente («Atletiko»).
Manba: sport24.ru
164   
Добавить комментарий
Ваше имя: *