Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Jasur Yaxshiboyev qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum

Jasur Yaxshiboyev qaysi jamoaga o‘tishi ma’lum

Автор: admin

Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida harakat qilayotgan o‘zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboyev faoliyatini Soligorskning “Shaxtyor” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda pressball.by nashri xabar tarqatmoqda.
“Shaxtyor” Toshkentning “Paxtakor” klubidan o‘zbek legionerining transfer huquqini to‘liq xarid qilgani yoki o‘yinchini ijaraga olgani haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Energetik-BGU” rahbariyati hozircha jamoani faqat Devid Tve tark etganini ma’lum qilgandi. Jasur Yaxshiboyev haqida hali rasmiy xabarlar tasdiqlanmadi. 
Ma’lumot uchun, Jasurga mamlakatning yana bir nomdor jamoasi BATE ham qiziqish bildirayotgan edi.
495   
Добавить комментарий
Ваше имя: *