Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola: «Sauthempton»ga qarshi o‘yindek to‘p sursak, Chempionlar ligasi chorak finaliga biz emas, «Real» chiqadi»

Gvardiola: «Sauthempton»ga qarshi o‘yindek to‘p sursak, Chempionlar ligasi chorak finaliga biz emas, «Real» chiqadi»

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Nyukasl» bilan o‘yin oldidan Angliya kubogi va Chempionlar ligasi doirasidagi hal qiluvchi uchrashuvlar haqida fikr bildirib, shogirdlarini hushyorlikka chaqirdi. APL so‘nggi turida Gvardiola jamoasi «Sauthempton»ga mag‘lubiyatga uchragan edi (0:1).
«Butun mavsum haqida gapiradigan bo‘lsam, biz juda yaxshi o‘yin namoyish etayapmiz. Mashg‘ulotda nimalar ustida ishlsak, o‘yinda ham ko‘rsatmalar to‘g‘ri bajarilayapti. Ammo hamma o‘yinda ham emas. Agar o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, ikki bo‘limda ham raqib jarima maydoni oldida faollikni to‘xtatmasak o‘shanda Angliya kubogida ham, Chempionlar ligasida ham uzoqqa bora olamiz. Biroq yana o‘sha «Sauthempton», «Tottenhem», «Norvich» klublariga qarshi o‘yindagidek to‘p sursak, kubok finaliga biz emas, «Arsenal» yo‘ oladi, Chempionlar ligasi chorak finaliga esa, «Real» chiqadi», — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda Mirror.
Ma’lumot uchun, Angliya kubogi yarimfinali doirasidagi «Arsenal» – «Manchester Siti» uchrashuvi 18 iyul kuni o‘tkazilsa, YeCHL 1/8 finali doirasidagi «Manchester Siti» – «Real» javob bahsi 7 avgustda bo‘lib o‘tadi.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *