Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lallana «Liverpul»ni tark etadi

Lallana «Liverpul»ni tark etadi

Автор: admin

«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp yarimhimoyachi Adam Lallana mavsum oxirida klubni tark etishini aytdi.
32 yoshli inglizning «qizillar» bilan imzolagan shartnomasi muddati nihoyasiga yetmoqda va u uzaytirilmaydi.
«Adam «Liverpul»ni tark etyapti. U - ajoyib, professional futbolchi va bizga oson bo‘lmaydi. Biz uni juda hurmat qilamiz.
Tomonlar shartnomani uzaytirishga tayyor edi. Biroq, biz uning kelajagi bilan tavakkal qilishni istamadik. Adam «Liverpul»ning afsonasiga aylandi. Keyingi mavsumda esa boshqa klub afsonasiga aylanishi mumkin», — deb Klopp so‘zlarini keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Adam Lallana 2014 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilyapti. Shu paytgacha u 178ta o‘yinda maydonga tushib, 22ta gol urdi va shuncha golga hammualliflik qildi. Avvalroq, uning «Lester»ga o‘tishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
111   
Добавить комментарий
Ваше имя: *