Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Stefano Pioli: “Milan” endi jamoaga aylandi

Stefano Pioli: “Milan” endi jamoaga aylandi

Автор: admin

“Milan” bosh murabbiyi Stefano Pioli A Seriyaning 31-turi doirasida “Yuventus”ga qarshi uchrashuvdan (4:2) so‘ng fikrlarini bildirdi.
“Shogirdlarimning barchasi maqtovga loyiq, chunki ular ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Hatto qiyin paytlarda ham ular birlashib, kurashishda davom etdi. Buning evaziga esa ajoyib g‘alaba bilan taqdirlandi.
Endi men maydondagi barchaga ishonishim mumkinligini bilaman, ular nima qilishni biladi. Keyingi o‘yin “Napoli”ga qarshi bo‘ladi, shuning uchun biz bugungi g‘alabadan zavqlanamiz va shu bilan keyinni o‘yinni ham esdan chiqarmaymiz.
“Milan” jamoaga aylandi. Endi biz bir-birimizni, kuchli va kuchsiz tomonlarimizni bilamiz. Men bu yerda baxtliman, jamoamdan g‘ururlanaman va ushbu mavsumni mana shu notada yakunlashni istayman”, — deydi Pioli.
Milanliklar 31-turdan keyin 49 ochko bilan musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa 13-iyul kuni “Napoli” maydoniga safar qiladi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *