Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Xaverc "Bayer"dan uni "CHelsi"ga sotishlarini so'radi

Xaverc "Bayer"dan uni "CHelsi"ga sotishlarini so'radi

Автор: admin

Germaniyalik xavbek yozda klubini o'zgartirishi mumkin.
Yarim himoyachi Kay Xaverc yozgi transferlar oynasida "Bayer"ni tark etib, Angliya Premer-ligasiga yo'l olishi mumkin.
Jurnalist Kristian Falk malumotlariga ko'ra, 21 yoshli nemis futbolchisi Germaniya Kubogi finalidan so'ng "farmacevtlar" rahbariyati bilan kelajagini muhokama qilish uchun uchrashuv o'tkazgan.
Xaverc klubdan yozda uni 70 million funt to'lashga tayyor bo'lib turgan Londonning "CHelsi" klubiga qo'yib yuborishlarini so'ragan.
Kay joriy mavsum "Bayer" safida 43ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 9ta assist qayd etdi. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
140   
Добавить комментарий
Ваше имя: *