Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Pyer-Emerik Obameyang Tyerri Anrining yana bir natijasini takrorladi

Pyer-Emerik Obameyang Tyerri Anrining yana bir natijasini takrorladi

Автор: admin

Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Pyer-Emerik Obameyang Angliya Premyer Ligasining 34-turi doirasida “Lester”ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:1) raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Bu gabonlik futbolchining Premyer Liga 2019/20-yilgi mavsumidagi 20-goli bo‘ldi. Shu tariqa 31 yoshli futbolchi “to‘pchilar” safida APLning ketma-ket ikki mavsumida 20 va undan ko‘proq gol urgan ikkinchi o‘yinchiga aylandi.
Avvalroq ushbu natijani Tyerri Anri qayd etgandi. U ketma-ket 5 (2001/02—2006/07) mavsum davomida 20 tadan ko‘proq gol urgan. Bunday ko‘rsatkich 1992-yildan beri hisoblab kelinadi. Aynan shu yildan e’tiboran Angliya Premyer Ligasi hozirgi formatda o‘tkazilishi boshlangan.
Obameyang 2018-yildan beri London klubi sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsumda 32 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z nomiga 20 ta gol va 3 ta assist yozdirib qo‘ydi.
112   
Добавить комментарий
Ваше имя: *