Goal24.uz » Jahon » FIFA 5 ta o‘yinchi almashtirish qoidasining amal qilish muddatini uzaytiradi

FIFA 5 ta o‘yinchi almashtirish qoidasining amal qilish muddatini uzaytiradi

Автор: admin

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) va FIFA beshta zaxira qoidasini kelasi mavsumda ham kuchda qoldirmoqchi.
The Athletic nashrining xabar qilishicha, tez kunlarda bu borada rasman ma’lum qilinadi.
Avvalroq IFAB va FIFA 2020-yilda yakunlanadigan musobaqalarda bir o‘yin davomida beshtagacha futbolchi almashtirishga ruxsat bergandi. Koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan musobaqalar restartidan so‘ng o‘yinchilarning jarohat olish ehtimolini pasaytirish uchun mazkur qaror qabul qilingandi. Jamoalar o‘yin davomida uchta imkoniyatda besh nafar futbolchini maydonga tushirish imkoniyatiga ega bo‘lgandi.
Ushbu qoidani joriy qilish yoki qilmaslik masalasida har bir liga o‘zi qaror qabul qiladi.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *