Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi «RB Leypsig»ga o‘tdi

Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi «RB Leypsig»ga o‘tdi

Автор: admin

«Zalsburg» klubi va Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi Xvan Xi Chxan «RB Leypsig» klubiga o‘tdi.
Koreyalik futbolchi 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani imzoladi. Uning transfer qiymati 9 mln yevroga teng bo‘ldi. Hujumchi yangi klubida «Chelsi»ga o‘tgan Timo Vernerga tegishli bo‘lgan 11-raqamni oldi.
Xvan Xi Chxan 2016 yildan beri «Zalsburg» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Bu mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 40ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol urgan va 22ta golga hammualliflik qilgan.
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *