Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston terma jamoasi sentabr oyida Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Автор: admin

O‘zbekiston terma jamoasi 7-sentabr kuni Toshkentda Eron terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Avvalroq 4-sentabr kuni Tojkiston terma jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi ma’lum qilingandi.
Vadim Abramov shogirdlari JCh—2022 va Osiyo Kubogi—2023 saralashidan o‘rin olgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi. Ushbu bahslar oldidan terma jamoa sentabr oyida Toshkentda yig‘in o‘tkazadi.
Eronga qarshi bahs 7-sentbar kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *