Goal24.uz » O'zbekiston » Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi ayollar jamoasi karantinga olindi

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi ayollar jamoasi karantinga olindi

Автор: admin

Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasining 2-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor-W” hamda “Lokomotiv-W” jamoalari o‘rtasidagi 9-iyul kuniga belgilangan uchrashuv noma’lum muddatga qoldirildi.
Bunga sabab “Lokomotiv-W” istiqomat qilayotgan Toshkentdagi “Lokomotiv” mehmonxonasida koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilingan fuqaro (klubga aloqador emas) aniqlangan. Natijada mehmonxonada istiqomat qilayotganlarning barchasi infeksiyaga test topshirgan.
Professional futbol Ligasining (PFL) ma’lum qilishicha, mazkur tahlillar javobi chiqmagunga qadar “Lokomotiv-W” ishtirokidagi o‘yinlar o‘tkazilmaydi.
“Lokomotiv-W”ning “Bunyodkor-W”ga qarshi o‘yini qachon bo‘lib o‘tishi keyinroq ma’lum qilinadi.
188   
Добавить комментарий
Ваше имя: *