Goal24.uz » O'zbekiston » Pro liga. «Dinamo» futbolchilari 3ta gol urib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va boshqa natijalar

Pro liga. «Dinamo» futbolchilari 3ta gol urib, 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishdi va boshqa natijalar

Автор: admin

Pro liga 2-turi doirasidagi navbatdagi uch uchrashuv nihoyasiga yetdi. 
«Dinamo» Samarqandda «Istiqlol» bilan o‘yinda alamli mag‘lubiyatga uchradi. 30-daqiqada Amirjon Safarov burchakdan uzatilgan to‘pni o‘z darvozasiga to‘g‘irlab qo‘ygan bo‘lsa, 90+1-daqiqaga kelib Avaz Agaliyev kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
Biroq, oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, Agaliyev va darvozabon Raimovning oddiy vaziyatdagi o‘zaro tushunmovchiligi alamli gol bilan yakunlandi. Avaz to‘pni Raimovga uzatdi, yosh darvozabon esa kutilmaganda to‘pni to‘xtata olmay, avtogolga sababchi bo‘ldi – 1:2. «Dinamo» mavsumni ketma-ket ikki mag‘lubiyat bilan boshladi.
Shuningdek, «Zomin» o‘z uyida Eldor Karimovning het-triki evaziga «Sho‘rtan»ni mag‘lub etgan bo‘lsa, «Turon» «Oqtepa» ustidan g‘alabaga erishdi.
Pro liga 2-turidan keyin Farg‘ona viloyatining ikki klubi - «Neftchi» va «Turon» 6 ochkodan jamg‘arib, peshqadamlik qilmoqda. Ketma-ket ikki mag‘lubiyatga uchragan «Dinamo» va «Xorazm» esa so‘nggi o‘rinlarni band etib turibdi.
Pro liga. 2-tur.
8 iyul (chorshanba)
«Dinamo» - «Istiqlol» - 1:2

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Mahmud Turdiyev, Feruz Dostonov
Gollar: Avaz Agaliyev 90+1 - Amirjon Safarov 30 (o‘z dar.), Avaz Agaliyev 90+2 (o‘z darvozasiga)
«Dinamo»: 22.Shohruh Raimov, 5.Avaz Agaliyev, 6.Bobur Qosimov (17.Sharofiddin Shobirov, 46), 7.Jasur Azimov, 9.Nizomjon Norov, 10.Amirjon Safarov (4.Hakimxon A’lamxonov, 66), 21.Muhammadqodir Hamraliyev (39.Akmal Qozimov, 46), 24.Jasur O‘rinov, 26.Komil Sharofutdinov, 27.Azamat Allaniyozov (34.Shohrux Abdurahmonov, 46), 44.Bunyod Isroilov (20.Shahboz Nuriddinov, 65).
«Istiqlol»: 12.Nodir Ashurmatov, 2.Ahrorbek O‘ktamov, 6.Abbosbek Maxstaliyev, 7.Umidjon Qodirov, 9.Muhammadjon Sultonov, 14.Rustam Abduxamidov (29.Sanjar Baratov, 85), 15.Ulug‘bek Xudoyberdiyev, 17.Temur Mamatmurodov, 20.Rahmatullo O‘ktamov (27.Robbimjon Hasanov, 65), 21.Elyor Mamasoliyev, 22.Umar Adhamzoda.
«Zomin» - «Sho‘rtan» - 3:1
Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Amal Sultonov, Jasur Rustamov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Zohirjon Akramxonov
Gollar: Eldor Karimov 45, 53, 85 - Shokir Yo‘ldoshev 29.
Chetlatish: Jasur Xolto‘rayev, 32 (“Sh”)
«Turon» - «Oqtepa» - 1:0
Hakamlar: Akmal Rahimov, Islom Nosirov, Abduhamid Abduraimov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Shohruh Said.
Gol: Doston Meliqo‘ziyev 83.
199   
Добавить комментарий
Ваше имя: *