Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” qaysar Mourinoning fikrini o‘zgartira oladimi?

“Barselona” qaysar Mourinoning fikrini o‘zgartira oladimi?

Автор: admin

Qaynoq transferlar yaqinlashmoqda
Kataloniyaliklar sekin-asta jamoa tarkibini yangilashga kirishmoqda. “Barselona” rahbariyati “Tottenxem”dan ikki futbolchini olish uchun uzoq muddatli muzokaralarga tayyor ekanini bildirdi.
“Barselona” ayni paytda yarim himoyachi Tangi Ndombele va himoyachi Rayan Sessennou xizmatlariga ehtiyoj sezmoqda. Kataloniyaliklar transfer bozori ochilishi bilan har ikki futbolchi transferini sotib olmoqchi.
“Tottenxem” bosh murabbiyi Joze Mourino bu futbolchilarga etarlicha o‘yin amaliyoti taqdim qilmayapti. O‘z o‘rnida portugaliyalik mutaxassis Ndombelening ketishiga qarshi emas, lekin Sessennouni kataloniyaliklarga bermasligini ma’lum qildi.
Shunday bo‘lsa-da, “Barselona”ning transferga Filippe Koutino, Nelson Semedu, Jan-Kler Todibo yoki boshqa biron bir futbolchini qo‘shishi mumkinligi Mourinoning fikrini o‘zgartirishi mumkin.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *