Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Bilasizmi? "Real" so‘nggi 4 yilda futbolchi sotib chorak milliard evro ishlab topdi

Bilasizmi? "Real" so‘nggi 4 yilda futbolchi sotib chorak milliard evro ishlab topdi

Автор: admin

Ular foyda keltirishdi.
Madridning "Real" klubi so‘nggi 4 yilda o‘z tarbiyalanuvchilarining transferlaridan naqd 250 million evro ishlab topdi. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
Ular orasida eng qimmati Alvaro Morata bo‘lgan. “Qirollik klubi” uni "Chelsi"ga naqd 66 million evroga sotgan. Bu boradagi kuchli uchlikdan esa, hozircha Ashraf Xakimi ("Inter"ga 40 mln evro) va Markos Lorente ("Atletiko"ga 30 mln evro) joy olgan.
“Real” sotgan klub tarbiyalanuvchilaridan iborat eng qimmat futbolchilar:
  1. Alvaro Morata "Chelsi"ga (66 million evro).
  2. Ashraf Xakimi "Inter"ga (40)
  3. Markos Lorente "Atletiko"ga (30).
  4. Xese Rodriges PSJga (25)
  5. Raul de Tomas "Benfika"ga (20)
  6. Omar Maskarel "Shalke"ga (10)
  7. Mariano Dias "Lion"ga (8)
  8. Denis Cherishev "Vilyarreal"ga (7)
  9. Diego Lorente v "Real Sosedad" (7)
  10. Lukas Torres v "Ayntraxt" (3,5)
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *