Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » RPL. «Ufa» Oston O‘runov tushgach, kambek qilib «Rostov»ni mag‘lub etdi

RPL. «Ufa» Oston O‘runov tushgach, kambek qilib «Rostov»ni mag‘lub etdi

Автор: admin

Rossiya chempionatida 27-tur o‘yinlari davom ettirildi. O‘z maydonida «Ufa»ni qabul qilgan «Rostov» 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Rostovliklar birinchi bo‘limda gol urib, oldinga chiqib olgandi. «Ufa» esa o‘zbekistonlik Oston O‘runov maydonga tushgach, kambek qilib ikkita gol urdi va mehmonda g‘alaba qozondi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov 84 daqiqa maydonda harakat qilib, yana gol ura olmadi. U ketma-ket uchinchi o‘yindirki zaxiraga olinmoqda.
Bu g‘alabadan so‘ng «Ufa»ning ochkolari soni 36taga yetdi va jamoa 6-o‘rinda bormoqda. 5-o‘rindagi «Rostov»ning ochkolari esa 43taligicha qoldi. 4-o‘rindagi «Krasnodar» hisobida 2 ochko ko‘proq va ikkita zaxira o‘yini bor. Shu sabab «Rostov»ning YeCHL yo‘llanmasi uchun imkoniyati keskin pasayib ketdi.
RPL. 27-tur
Rostov – Ufa 1:2
Gollar: Xadjikadunich (27) – Fomin (68, penalti), Krotov (75).
Rostov: Pesyakov, Osipenko, Chernov, Xadjikadunich, Bayramyan (Logashov, 67), Popov (Glebov, 67), Mamayev, Zaynutdinov (Saplinov, 76), Normann, Ionov, Shomurodov (Proshlyakov, 86).
Ufa: Belenov, Krugovoy, Tabidze, Suxov (O‘runov, 63), Nikitin, Fomin, Golubev, Giorgobiani (Krotov, 62), Aliyev, Alikin, Agalarov (Kozlov, 62).
Ogohlantirishlar: Popov (45), Tabidze (61), Bayramyan (67), Glebov (83), Aliyev (85), Normann (86), Proshlyakov (89), Logashov (90).
188   
Добавить комментарий
Ваше имя: *