Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » MYuda Sanchoning alternativi tayyor

MYuda Sanchoning alternativi tayyor

Автор: admin

Ular katta xarid uchun shoshilmayapti.
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozda hujumkor yarim himoyachi xaridi bo‘yicha ish olib borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
"Qizil iblislar"ning asosiy nishoni "Borussiya Dortmund" xavbeki Jeydon Sanchoning transfer bahosi yuqori bo‘lganligi uchun klub zahira variantlarini topib qo‘yishgan.
Sport.es nashri ma’lumotiga ko‘ra, agar Sanchoning transferi bo‘yicha "asalarilar" bilan kelishuv amalga oshmasa, unda MYu "Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traoreni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi. Ushbu futbolchi mankunianliklar uchun 80 million evroga tushishi mumkin.
Ikkinchi alternativ esa "Real" xavbeki Xames Rodriges. "Qaymoqrangliklar" murabbiylar shtabi bilan kelisha olmayotgan kolumbiyalik futbolchining transferi 25 million evroga baholanmoqda.
162   
Добавить комментарий
Ваше имя: *