Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Jorjino «Chelsi»dagi holatidan norozi

Jorjino «Chelsi»dagi holatidan norozi

Автор: admin

«Chelsi» yarimhimoyachisi Jorjino mavsum yakunida London klubini tark etishi mumkin.
Goal’ning yozishicha, futbolchi Frenk Lempardning unga kam imkoniyat berayotganidan norozi bo‘lmoqda. Jorjino karantindan keyin o‘tgan 5 o‘yindan 4tasida zaxirada qoldi. So‘nggi tur doirasidagi «Kristal Palas»ga (3:2) qarshi bahsda esa italiyalik futbolchi oxirgi 10 daqiqada zaxiradan maydonga tushgan.
Manbaning yozishicha, «Yuventus» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri o‘zining sobiq shogirdini Turinga taklif etmoqchi. Jorjino Sarri qo‘l ostida «Napoli» va «Chelsi»da ham to‘p surgandi. Klub ushbu futbolchi borasida mavsum yakunida taklif tayyorlamoqchi.
Avvalroq, London klubi yozgi transfer oynasida Jorjinoni 57 million evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. «Aristokratlar» ikki mavsum oldin uni shu narxda Neapol klubidan sotib olgandi.
132   
Добавить комментарий
Ваше имя: *