Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. “Liverpul” Salohning dubli evaziga g‘alabaga erishdi

APL. “Liverpul” Salohning dubli evaziga g‘alabaga erishdi

Автор: admin

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 34-turida “Liverpul” 8-iyul, chorshanba kuni “Brayton” mehmoni bo‘ldi.
Uchrashuv debyutida mehmonlar ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi: Muhammad Saloh 6-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Jordan Henderson keyingi golni urdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Leandro Trossard hisobni qisqartirdi. 76-daqiqada Saloh dubl qayd etib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.
Mazkur g‘alabadan keyin “Liverpul”ning ochkolari 92 taga yetdi. Jamoa bir necha tur avval chempionlik masalasini hal qilib qo‘ygandi
APL
34-tur bahsi
8-iyul, chorshanba

“Brayton” — “Liverpul” 1:3

Gollar: 0:1 – 6 Saloh, 0:2 – 8 Henderson, 1:2 – 45 Trossard, 1:3 – 76 Saloh.
“Brayton”: Rayan, Lempti, Uebster, Dank, Bern, Propper (Bissuma, 71), Stivens, Gross (Konnolli, 71), Mak Allister (Muy, 71), Trossard, Mope.
“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Uilyams (Robertson, 46), Keyta (Fabinyo, 61), Henderson (Milner, 80), Veynaldum, Saloh, Firmino (Minamino, 87), Oksleyd-Chemberlen (Mane, 61).
Ogohlantirishlar: Uilyams (41), Mane (62), Fabinyo (78), Lempti (85), Gomes (89).
200   
Добавить комментарий
Ваше имя: *