Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.
 
Pulgar nishonda!
 
Italiyaning “Fiorentina” jamoasi yarim himoyachisi Erik Pulgar Madridning “Atletiko” jamoasiga o‘tishi mumkin.
 
“La Razon" nashrining ma’lum qilishicha, “matraschilar” Pulgarni jamoani yozda tark etishi kutilayotgan Tomas Partining o‘rnini egallashini ko‘zlamoqda.Manbada yozilishicha, Madrid klubi keyingi haftada Yarim himoyachi borasida rasman taklif bilan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, chililik futbolchining “Fiorentina” bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilda o‘z yakuniga yetadi.
“Inter”dan o‘zgacha yurish
 
“Milan”ning “Inter” klubi yozda tekinga tajribali futbolchini qo‘lga kiritishni reja qilmoqda.
 
“Le Gazzeta Della Sport" ning ma’lum qilishicha, Antonio Kontening nishonida “Al-Duxayl”ni erkin agent sifatida tark etgan Mario Manjukich turibdi.
Murabbiy pandemiya chog‘ida Oliviye Jiru yoki Edin Jekolardan ko‘ra, Manjukichni qo‘lga kiritishni afzal ko‘rmoqda.
“Norvich” narxni ko‘tardi
 
Angliyaning “Norvich” jamoasi himoyachisi Ben Godfri nemis klublari nishonida turgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
“Sky Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “konereykalar” o‘z himoyachisini transfer narxini keskin ko‘tarib qo‘ydi.
Endilikda 22 yoshli himoyachini o‘z jamaosida ko‘rishni istagan klub 50 million yevrodan voz kechishi talab etiladi. Klub APLdan tushib ketsada Godfining transfer summasini kamaytirmoqchi emas.
PSJga Dembele kerak
 
"Parijning PSJ jamoasi hujumchisi Mussa Dembele yozda asosiy raqibi safiga borib qo‘shilishi mumkin",- deb xabar bermoqda "l'Equipe" nashri.
Parijliklar yozda klubni tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Edinson Kavanining o‘rnini aynan Dembele bilan to‘ldirishni reja qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Dembele borasida “Manchester Yunayted” va “Arsenal” “Lion”ga 40 million yevro taklif qild, biroq jamoa o‘z hujumchisini 50 milliondan kamiga sotmoqchi emas.
Sulsher himoyachilarni kuzatmoqda
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi murabbiyi One Gunar Sulsher bir yo‘la uchta himoyachini kuzatib bormoqda.
ESPN nashrining ma’lum qilishicha, murabbiy Xarri Maguayer bilan tandemda harakat qilishga qodir futbolchini jamoaga olib kelishni niyat qilgan.
Manbaning ma’lum qilishicha, murabbiy nigohida “Bormunt”dan Natan Ake, “Milan”dan Alessio Romanioli va “Astov Villa”dan Tayron Mingzlar turibdi.
Ma’lum bo‘lishicha, klub ushbu himoyachilardan birini qo‘lga kiritish uchun 60 million sarf etishi talab etiladi.

254   

Shuningdek tavsiya qiling

14-06-2020, 09:00

Transfer olamdagi yangiliklar

15-12-2019, 19:06

Mario Manjukich

Добавить комментарий
Ваше имя: *