Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Van Persi ushbu mavsumda «Oltin to‘p» uchun munosib uch futbolchini aytdi

Van Persi ushbu mavsumda «Oltin to‘p» uchun munosib uch futbolchini aytdi

Автор: admin

Niderlandiyalik sobiq hujumchi Robin van Persi tvitterdagi sahifasida 2020 yilda qaysi futbolchilar «Oltin to‘p» uchun munosib ekanligi haqida yozdi.
Robinning fikricha, «Oltin to‘p» «Bavariya» goleadori Robert Levandovskiga nasib qiladi. 2-o‘rin «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuynega, 3-pog‘onadan esa «Liverpul» hujumchisi Sadio Mane joy olishi mumkin.
E’tiborlisi, «Manchester Yunayted» va «Arsenal»ning 36 yoshli sobiq goleadori bu yilgi da’vogarlar qatoriga ushbu sovrinning 5 karra g‘olibi Krishtianu Ronaldu va 6 marta qo‘lga kiritgan Lionel Messini kiritmagan.
Ma’lumot uchun, polshalik hujumchi Levandovski ushbu mavsumda «Bavariya» safida 42 o‘yinda 49ta golga mualliflik qilib, Bundesliga g‘olibi va Germaniya kubogi sohibiga aylandi.
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *