Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Suares: «Endi qolgan 3 o‘yinda g‘alaba qozonib, «Real»ning to‘qishishini kutamiz»

Suares: «Endi qolgan 3 o‘yinda g‘alaba qozonib, «Real»ning to‘qishishini kutamiz»

Автор: admin

La Liga 35-turidagi «Barselona» - «Espanol» (1:0) o‘yinida jamoasiga g‘alaba keltirgan hujumchi Luis Suares o‘yin haqida to‘xtaldi.
«Espanol»ning turnir jadvalidagi og‘ir holati tufayli o‘yin qiyin kechishini bilardik. Yakshanba kungi o‘yindagi charchoq alomatlari bugun baribir sezildi. Shunga qaramay, eng asosiysi g‘alabani qo‘lga kiritdik. Vaziyatlar kam yaratilgani – raqibning yaxshi himoyalangani bilan bog‘liq. Raqib bo‘sh hudud qoldirmadi. Chetlatishdan keyin esa ular son jihatdan ustunlik qilishdi. 
Endi bizdan talab qilinadigani qolgan uchta bahsda ham g‘alaba qozonib, «Real»ning to‘qishishini kutishdir», - deya Suaresning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Ma’lumot uchun, «Barsa» ochkolari sonini 76taga yetkazib, 2-o‘rinda bormoqda. «Real» hisobida esa 77 ochko bor. Madrid jamoasi tur doirasidagi uchrashuvini 10 iyul kuni «Alaves»ga qarshi o‘tkazadi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *