Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “Manchester Siti” Angliya chempionatida 35 yil avvalgi natijani takrorladi

“Manchester Siti” Angliya chempionatida 35 yil avvalgi natijani takrorladi

Автор: admin

Angliya chempionating 34-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qilib, 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. “Shaharliklar”ning ikkinchi goliga Riyod Mahrez mualliflik qildi.
Mahrez uchun bu Premyer Liganing ushbu mavsumidagi 10-gol bo‘ldi. Opta’ning ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” 35 ichida Angliya Oliy divizioni va Premyer Ligasining (1992) bir mavsumida 5 nafar futbolchisi 10 tadan ko‘proq gol urgan birinchi jamoaga aylandi.
Riyod Mahrez (10), Gabriel Jezus (11), Kevin de Bryuyne (11), Rahim Sterling (13) va Serxio Aguero (16) APLning 2019/20-yilgi mavsumida o‘z nomiga 10 ta va undan ko‘proq gol rasmiylashtirib qo‘ygan.
Qayd etish joiz, bundan oldin, 1984/85-yilgi mavsumda “Everton” xuddi shunday natijani qayd etgan. Faqat unda musobaqa hozirgi formatda o‘tkazilmas edi.
Manchester klubi 34-turdan keyin 69 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Birinchi o‘rindagi “Liverpul” esa chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan.
203   
Добавить комментарий
Ваше имя: *