Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi vafot etdi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi, SSKA klubida sport direktori bo‘lib ishlagan rossiyalik mutaxassis Vladimir Salkov vafot etdi.
«83 yoshida SSKA klubining sobiq sport direktori Vladimir Salkov vafot etdi. Uning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», deyiladi SSKA klubining matbuot xizmati xabarida.
Vladimir Maksimovich Salkov 1937 yilda Ukrainada tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatida «Krilya Sovetov» va Donetskning «Shaxtyor» klubida o‘ynagan. 
1970 yilda murabbiylik faoliyatini boshlagan va «Shaxtyor», «Torpedo», «Rotor», SSSR olimpiya jamoasida ishlagan. Shuningdek, SSSR milliy jamoasida yordamchi murabbiy ham bo‘lgan.
2000 yilda O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy qilib tayinlangan. Uning qo‘l ostida futbolchilar «Merdeka» Kubogi finalida Bosniya va Gersegovina milliy jamoasini 2:1 hisobida yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan.
Vladimir Salkov 2001 yilda JCH-2002 saralashi final bosqichida qoniqarsiz natijalar qayd etilgani bois iste’foga chiqarilgan. O‘zbekiston milliy jamoasi uning qo‘l ostida jami 19ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, 10ta g‘alaba, 3ta durang va 6ta mag‘lubiyatni qayd qilgan.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *