Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Daniele de Rossi: Ronalduni faqat gollar va sovrinlar bo‘yicha Messi bilan taqqoslash mumkin

Daniele de Rossi: Ronalduni faqat gollar va sovrinlar bo‘yicha Messi bilan taqqoslash mumkin

Автор: admin

“Roma” sobiq yarim himoyachisi Daniele de Rossi “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Barselona” forvardi Lionel Messini taqqosladi.

“Leo bilan bir maydonga chiqishning o‘zi boshqacha motivatsiya bag‘ishlaydi. Ba’zan jamoadoshlarimning unga hayrat ko‘zi bilan qaraganini ko‘rganman, bu menda ham sodir bo‘lgan.
O‘z hissiyotlarim va zaifligimni bunday ajoyib o‘yinchiga ko‘rsatmaslikka harakat qilganman. Messidan to‘pni olib qo‘yish — o‘zgacha tuyg‘u.
Messi so‘nggi 15 yil ichida faqat u bilan bir maydonda o‘ynash huquqiga ega ekanligini isbotlashga intilayotgan futbolchilarga qarshi harakat qilmoqda. Shunga asoslanib, aytishim mumkinki, uning ruhiyati nihoyatda kuchli bo‘lsa kerak.
Futbol nuqtayi nazaridan hech narsani tushuntirishning hojati yo‘q, so‘zlar ortiqchalik qiladi. To‘g‘ri, Ronaldu kabi boshqa juda yaxshi futbolchilar bor, ular statistika, gollar soni va sovrinlar bo‘yicha Messi bilan raqobat qilishi mumkin. Biroq zavqlanish omili ham bor, men Messining o‘yinini tomosha qilishni yaxshi ko‘raman.
Unga omad ham kulib boqdi, chunki u so‘nggi 30 yillikning eng yaxshi jamoasida o‘ynamoqda”, — deydi de Rossi.
Messi La Liganing ushbu mavsumida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol 20 ta assistni amalga oshirgan, Ronaldu esa A Seriyada 27 ta o‘yinda o‘z nomiga 26 ta gol 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *