Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » "Santos" “Barsa”ga yutqazdi

"Santos" “Barsa”ga yutqazdi

Автор: admin

Neymar masalasi "Barsa"ni tinch qo‘ymayapti
Sport arbitraj sudi “Santos” jamoasining “Barselona” ustidan FIFAga qilgan shikoyatini qanoatlantirmadi.
Braziliya klubi Neymarning transferi bilan bog‘liq masala yuzasidan kataloniyaliklardan 61 million 295 ming evro miqdorida kompensatsiya talab qilayotgan edi.
Sport arbitraj sudi “Santos” va Neymar o‘rtasidagi shartnoma ikki tomon roziligi bilan to‘xtatilgan, “Barselona” futbolchining otasi va transferda ishtirok etgan N & N  kompaniyasiga qo‘shimcha kompensatsiya to‘lab, qoidani buzmagan, deb hisobladi. Qolaversa, “Barselona” Neymar bilan bitim imzolaganda hech qanday yolg‘on ishlatmagan, - deyiladi “Barselona” bayonotida.
Sport arbitraj sudi ishni ko‘rib chiqish uchun ketgan xarajatlarni qoplash maqsadida “Barselona”dan 188 ming evro undirgan.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *