Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Inter" bir transfer ortidan ikkita futbolchini qo‘lga kiritmoqchi

"Inter" bir transfer ortidan ikkita futbolchini qo‘lga kiritmoqchi

Автор: admin

Dastlabki taklif rad etildi.
"Chelsi" himoyachisi Emerson Palmeri yozda londonliklar tarkibini tark etishi mumkin.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, italiyaliklarning dastlabki 20 million evroli taklifi rad etilganidan so‘ng, "Inter" "Chelsi"ga yangilangan taklif tayyorlamoqda.
Ta’kidlanishicha, "qora-ko‘klar" transfer summasini 30 million evrogacha ko‘tarmoqchi. Biroq buning uchun "ko‘klar" Olive Jiruni ham Milan klubiga qo‘yib yuborishiga to‘g‘ri keladi.
Oldinroq, kam o‘yin amaliyoti sabab Emerson yozda jamoasini o‘zgartirish niyatidaligi xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Emerson va Jiru klub miqyosida bir xil 14 ta bahsda maydonga tushishgan. Frantsiyalik futbolchining hisobida 5 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.
145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *