Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Vinisius koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. «Real» takroriy test natijasini kutmoqda

Vinisius koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkin. «Real» takroriy test natijasini kutmoqda

Автор: admin

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Vinisius Juniorning koronavirus yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirdi.
«Klub shifokorlari Vinisiusning koronavirusga topshirgan test natijalari odatiy me’yorda chiqmaganligini ma’lum qilishdi. Shu bois u takroriy test topshirdi, endi tahlil javoblarini kutayapmiz. Gohida test natijalari xato chiqishi ham mumkin, bunaqasi bo‘lib turadi. Umid qilamanki, Vinisiusning natijalari yaxshi chiqadi va u ertagayoq mashg‘ulotlarga qaytadi», - deya Zidanning so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Braziliyalikning test natijalari bugun ma’lum bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, «Real» ertaga, 10 iyul kuni «Alaves»ga qarshi maydonga tushadi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *