Goal24.uz » O'zbekiston » «Neftchi» ustidan FIFAga arz qilgan legionerga qarzlar to‘lab berilmoqda

«Neftchi» ustidan FIFAga arz qilgan legionerga qarzlar to‘lab berilmoqda

Автор: admin

Farg‘onaning «Neftchi» futbol klubi ustidan uning sobiq legioneri Vyacheslav Sushkin FIFAga arz qilgach, Farg‘ona klubi uchun ketma-ket uch transfer oynasi yopib qo‘yilgandi. 
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevning ma’lum qilishicha, vodiy klubi rossiyalik futbolchi oldidagi qarzdorlik holatini bartaraf etmoqda.
«Neftchi» qarzdorlikning 45 foizini yopishga erishdi. Tez orada Sushkin bilan to‘liq hisob-kitob qilish ustida ishlanyapti», - deya yozadi PFL rasmiysi telegramdagi kanalida.
Rossiyalik 29 yoshli hujumchi Farg‘ona jamoasi safida 2018 yilgi mavsumda faoliyat yuritgan. Biroq o‘sha mavsumda klub Superligani tark etgach, futbolchi oldidagi qarzdorlik holati qolib ketgan.
Ma’lumot uchun, «Neftchi» Pro liga joriy mavsumida 2-turdan keyin 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
157   
Добавить комментарий
Ваше имя: *