Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Rostov» Shomurodovni Belgiya klubiga sotmadi

«Rostov» Shomurodovni Belgiya klubiga sotmadi

Автор: admin

«Rostov» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni tarkibida saqlab qoldi.
Sport24 xabariga ko‘ra, Belgiyaning «Gent» klubi futbolchining transferi uchun 2 yil davomida bo‘lib to‘lash sharti bilan 5 mln yevro taklif qilgan edi. Biroq bu taklif rostovliklarni qoniqtirmadi.
Avvalroq, ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko Shomurodov bo‘yicha bir necha nemis klublari bilan muzokara o‘tkazilayotgani haqida xabar bergan edi.
Rossiya Premer-Ligasining bu mavsumida 25 yoshli futbolchi 24ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urgan. Uning shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
137   
Добавить комментарий
Ваше имя: *