Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL nimchorak final javob uchrashuvlari va Yevropa ligasining 6 o‘yini mezbon jamoa stadionida o‘tkaziladi

YeCHL nimchorak final javob uchrashuvlari va Yevropa ligasining 6 o‘yini mezbon jamoa stadionida o‘tkaziladi

Автор: admin

UEFA Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvlari borasidagi qarorini e’lon qildi. O‘yinlar neytral stadionda o‘tkazilmaydi.
Unga ko‘ra, UEFA «halol o‘yin» shioriga amal qilib, tashkilot ijroiya qo‘mitasi YeCHL hamda Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvlarini avvalgidek mezbon jamoa stadionida o‘tkazish qarorida qoldi. 
Faqatgina avval qoldirilgan «Inter» – «Xetafe» va «Sevilya» – «Roma» uchrashuvlari juftlik g‘olibi ikki o‘yin emas, bir uchrashuvdan iborat bahsda neytral maydon – Germaniyada aniqlanadi. 
YeCHL 1/8 finali javob bahsi doirasidagi «Barselona» – «Napoli» (1:1), «Yuventus» – «Lion» (0:1), «Bavariya» – «Chelsi» (3:0) va «Manchester Siti» – «Real» (2:1) o‘yinlari esa avvalgidek mezbon jamoa stadionida o‘tkaziladi. 
Yevropa ligasi 1/8 final javob bahslari - «Shaxtyor» – «Volfsburg», «Vulverhempton» – «Olimpiakos», «Manchester Yunayted» – LASK, «Bazel» – «Ayntraxt», «Kopengagen» – «Istanbul» o‘yinlari ham mezbon jamoa arenasida o‘tkaziladi. 
Ma’lumot uchun, chorak finaldan boshlab o‘yinlar Portugaliyada bir o‘yindan iborat sakkizlik mini-turniri formatida o‘tkazilishi haqida e’lon qilingandi.
365   
Добавить комментарий
Ваше имя: *