Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Messining qo‘lida “qizil tugma” bor, u osonlikcha “Barselona” prezidenti va murabbiyidan xalos bo‘lishi mumkin

Messining qo‘lida “qizil tugma” bor, u osonlikcha “Barselona” prezidenti va murabbiyidan xalos bo‘lishi mumkin

Автор: admin

Argentinalik hujumchi Lionel Messi “Barselona”dagi vaziyat va klub ichida sodir bo‘layotgan voqealarga ulkan ta’sir o‘tkaza oladi, biroq futbolchi o‘z qudratidan to‘laqonli foydalanmayapti, deya xabar qilmoqda The Athletic.
“Agar Leo xohlasa osonlikcha quyidagi gaplarni aytishi mumkin: ‘Jamoaga yangi prezident va murabbiy kerak’. Messining qo‘lida “qizil tugma” bor, biroq Leo uni bosmayapti”, — deydi vaziyatga yaqin manba.
Eslatib o‘tamiz, Xosep Bartomeu boshchiligidagi “Barselona” rahbariyatining ayni damdagi siyosati muxlislarga ma’qul kelmayapti. So‘nggi vaqtlarda jamoa ichida bir nechta muammoli holatlar yuz berdi. 2021-yilda “Barselona” klubida prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi.
“Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Messi 2003-yildan buyon asosiy jamoa safida to‘p surib keladi. Argentinalik futbolchi joriy mavsum La Ligada 30 o‘yin o‘tkazib, 22 gol va 21 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *