Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilari reytingi tuzildi

«Barselona»ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilari reytingi tuzildi

Автор: admin

"Sport Bible" nashri "Barselona" muxlislari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazib, klub tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.

Diyego Armando Maradona 582ta ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Braziliyalik Ronaldinyo esa 440ta ovoz bilan 2-pog‘onani band etdi. "Ko‘k-anorranglilar"ning hozirgi sardori Lionel Messi aslida 663ta ovoz to‘plagan edi, ammo uning hisobida 337ta qarshi ovoz to‘plangani uchun argentinalik futbolchi uchinchi pog‘onaga joylashtirildi.

Quyidagi "Barselona" tarixadagi eng yaxshi 25 futbolchi bilan tanishing:

1. Diyego Maradona (1982-1984)
2. Ronaldinyo (2003-2008)
3. Lionel Messi (2004 yildan hozirga qadar)
4. Yoxan Kroyff (1973-1978)
5. Andres Inyesta (2002-2018)
6. Xavi (1998-2015)
7. Karles Puyol (1999-2014)
8. Ronaldo Nazario (1996-1997)
9. Neymar (2013-2017)
10. Jerar Pike (2008 yildan hozirgacha)
11. Luis Suares (2014 yildan hozirgacha)
12. Dani Alvesh (2008-2016)
13. Serxio Buskets (2008 yildan hozirgacha)
14. Samuel Eto'O (2004-2009)
15. Rivaldo (1997-2002)
16. David Vilya (2010-2013)
17. Ronald Kuman (1989-1995)
18. Romario (1993-1995)
19. Xristo Stoichkov (1990-1995, 1996-1998)
20. Viktor Valdes (2002-2014)
21. Mikael Laudrup (1989-1994)
22. Deku (2004-2008)
23. Laslo Kubala (1950-1961)
24. George Xaji (1994-1996)
25. Patrik Klyuyvert (1998-2004)
Manba: www.sportbible.com
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *