Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Tottenhem» yana ochko yo‘qotdi, «Everton»da durang

APL. «Tottenhem» yana ochko yo‘qotdi, «Everton»da durang

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 34-turi doirasida navbatdagi ikki uchrashuv nihoyasiga yetdi.
«Everton» va «Sauthempton» o‘rtasidagi bahsda Risharlison va Ingzning gollari jamoalarga bir ochkodan taqdim etgan bo‘lsa, «Tottenhem» «Bornmut» maydoniga safar qilib, yana ochko yo‘qotdi – 0:0. London klubi safardagi ketma-ket uchinchi bahsda ham ochko yo‘qotdi.
Natijada Joze Mourino jamoasi 49 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Everton» 45 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.
APL. 34-tur
Everton – Sauthempton 1:1
Gollar: 0:1 – 31 Ingz, 1:1 – 43 Risharlison.
Everton – Pikford, Mina, Din, Koulmen, Kin, Ivobi (Sidibe, 46), Andre Gomesh (Sigurdsson, 42), Gordon (Bernard, 74), Devis, Risharlison, Kelvert-Lyuin (Kin, 68).
Sauthempton – Makkarti, Stivens, Uoker-Piters, Bednarek, Bertran, Uord-Prouz, Armstrong (Smollboun, 88), Romeu (Xeyberg, 70), Redmond, Adams (Long, 70), Ingz.
Bornmut – Tottenhem 0:0
Bornmut – Remsdeyl, Smit (Steysi, 63), Riko, Ake, Kelli, Lerma, Stanislas, Gosling, Bruks (Uilson, 66), Uilson, King.
Tottenhem – Loris, Vertongen, Devis, Ore (Jedson Fernandesh, 90), Alderveyreld, Lo Chelso (Ndombele, 46), Uinks, Lamela, Sissoko (Lukas Moura, 75), Bergveyn (Son Xyon Min, 46), Keyn.
206   
Добавить комментарий
Ваше имя: *