Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «MYU»dan ketma-ket 4-yirik g‘alaba, Pogbadan mavsumdagi dastlabki gol

APL. «MYU»dan ketma-ket 4-yirik g‘alaba, Pogbadan mavsumdagi dastlabki gol

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi 34-turining so‘nggi o‘yini doirasida «Manchester Yunayted» Birmingemda «Aston Villa» ustidan yirik hisobda zafar quchdi.
Dastlabki golda Bruno Fernandesh o‘zi penalti ishlab, aniq amalga oshirgan bo‘lsa, ikkinchi golni Grinvud ajoyib zarbasi bilan Reyna darvozasiga joylab qo‘ydi. 
Ikkinchi bo‘limda esa Pol Pogba Fernandeshning burchak to‘pidan yetkazgan uzatmasini aniq va kuchli zarbasi bilan farqni uchtaga yetkazdi. Ushbu gol fransiyalik yarimhimoyachining mavsumdagi ilk goli bo‘ldi.
Ketma-ket 4-yirik hisobli g‘alabadan keyin Sulsher murabbiyligidagi jamoa ochkolari sonini 58taga yetkazib, 3-o‘rindagi «Lester» bilan farqni bittagacha qisqartirdi. «Aston Villa» esa 27 ochko bilan 19-o‘rinda qoldi.
APL. 34-tur.
Aston Villa – Manchester Yunayted 0:3
Gollar: 0:1 – 27, penalti Brunu Fernandesh, 0:2 – 45 Grinvud, 0:3 – 58 Pogba.
Aston Villa – Reyna, Mingz, Xoz, Konsa, Teylor, Duglas Luis (Vasilev, 84), Trezege, El-Gazi (Xurixeyn, 58), Makginn (Nakamba, 59), Grilish, Samatta (Devis, 59).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Shou, Maguayr, Uan-Bissaka (Uilyams, 66), Matich (Maktomini, 66), Pogba, Brunu Fernandesh (Fred, 71), Marsyal (Igalo, 79), Grinvud (Jeyms, 79), Reshford.
156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *