Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Inter» safarda ochko yo‘qotdi

A Seriya. «Inter» safarda ochko yo‘qotdi

Автор: admin

Italiya A Seriyasi 31-turining so‘nggi o‘yinida «Inter» safarda «Verona»ga qarshi kechgan uchrashuvda ochko yo‘qotdi.
O‘yinda Lazovich hisobni ochib mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim boshida Kandreva muvozanatni tikladi. 55-daqiqada Dimarkoning avtogoli Antonio Konte jamoasini hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Velozu jamoalarni murosa ko‘chasini tanlashiga sababchi bo‘ldi.
Ketma-ket ikkinchi o‘yinda ham ochko yo‘qotgan «Inter» 65 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. 3-o‘rindagi «Atalanta» hisobida 66 ochko bor. «Verona» esa 43 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.
A Seriya. 31-tur
Verona – Inter 2:2
Gollar: 1:0 – 2 Lazovich, 1:1 – 49 Kandreva, 1:2 – 55, avtogol Dimarko, 2:2 – 86 Velozu.
Verona – Silvestri, Faraoni, Kumbula (Alan Emperor, 84), Gyunter, Dimarko (Adjapong, 66), Lazovich (Verre, 84), Amrabat, Pessina, Velozu, Rahmani, Stempinski (Di Karmine, 54).
Inter – Handanovich, de Vrey, Godin, Shkrinyar, Yang, Kandreva, Brozovich (Vesino, 70), Valero, Galyardini, Sanches, Lukaku (Martines, 77).
151   
Добавить комментарий
Ваше имя: *