Goal24.uz » Chempionlar ligasi » O‘tkazib yubormang! Bugun YECHLga qur’a tashlanadi

O‘tkazib yubormang! Bugun YECHLga qur’a tashlanadi

Автор: admin

Bugun, 10 iyul kuni UYEFA qarorgohi joylashgan Shveysariyaning Nyon shahrida Yevropa chempionlar ligasiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimga oid muhim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.

Ishtirokchi jamoalar

To‘rtta jamoa chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib bo‘lgan:

"Atalanta" (Italiya)
"RB Leypsig" (Germaniya)
"PSJ" (Fransiya)
"Atletiko" (Ispaniya)

Yana 4ta jamoa nomi nimchorak final javob o‘yinidan keyin aniqlanadi:

"Chelsi" (Angliya) / "Bavariya" (Germaniya)
"Napoli" (Italiya) / "Barselona" (Ispaniya)
"Real" (Ispaniya) / "Manchester Siti" (Angliya)
"Lion" (Fransiya) / "Yuventus" (Italiya)

Qur’a tartibi

Birdaniga 3ta bosqich — chorak final, yarim final va final (nominal mezbonni aniqlash uchun) uchun qur’a tashlanadi.

Jamoalar savatchalarga ajratilmaydi;
Bir mamlakat vakillari o‘zaro to‘qnash kelishi mumkin.

Uchrashuvlar qayerda o‘tkaziladi?
Chorak final, yarim final va final o‘yinlari avgust oyida "sakkiz finalchi" formatida Lissabonda o‘tkaziladi. Har bir bosqich bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi. Uchrashuvlar "Eshtadiu du Benfika" (bu arena finalni ham qabul qiladi) va "Joze Alvalade" stadionlarida bo‘lib o‘tadi.

Taqvim

7-8 avgust: nimchorak finalning javob o‘yinlari
12-15 avgust: chorak final (Lissabon)
18-19 avgust: yarim final (Lissabon)
23 avgust: final ("Eshtadiu du Benfika", Lissabon)
211   
Добавить комментарий
Ваше имя: *