Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » "Milan" 22 yoshli argentinalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

"Milan" 22 yoshli argentinalik futbolchini ko‘z ostiga olib qo‘ydi

Автор: admin

Unga rus va ispan klublari ham qiziqmoqda.
Argentinaning "Taleres" klubi hujumchisi Nauel Bustos faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Antonio Vitello o‘zining tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “rossonerilar” 22 yoshli futbolchini joriy yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Uning transferi qanchaga tushishi mumkinligi haqida esa noma’lum. Unga “Milan”dan tashqari "Krasnodar" va "Valensiya" klublaridan ham qiziqishlar bor.
Bustos "Taleres" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoada 38 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2021 yilga qadar imzolangan.
148   
Добавить комментарий
Ваше имя: *