Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » Germaniya futbolchilar ittifoqi Bundesliganing eng yaxshilarini aniqladi

Germaniya futbolchilar ittifoqi Bundesliganing eng yaxshilarini aniqladi

Автор: admin

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Germaniya futbolchilar ittifoqi versiyasiga ko‘ra Bundesliganing eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar tarqatdi.

O‘tkazilgan so‘rovnomada Levandovski 40,2% ovoz bilan birinchi o‘rinni egalladi. Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho hisobida 13,9% ovoz to‘plangan bo‘lsa, «Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix (7,2%) kuchli uchlikka kirdi.

Ma’lumot o‘rnida. 31 yoshli Levandovski uchun bu faoliyatidagi 4-sovrin hisoblanadi. Avvalroq u 2013, 2017 va 2018 yillarda ham Germaniya chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan edi.

Liganing eng yaxshi yangi futbolchisi sifatida «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis (45,9%) tan olindi. U «Borussiya» hujumchisi Erling Xoland (15,5%) va «Bayer» yarim himoyachisi Floran Virs (8,2%)ni ortda qoldirdi.

«Bavariya» ustozi Xans-Diter Flik (58,2%) mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni «Frayburg» bosh murabbiyi Kristian Shtrayx (11,3%) egallagan bo‘lsa, Myunxengladbaxning «Borussiya» klubi murabbiyi Marko Roze (6,2%) kuchli uchlikka kirdi.

Mavsum ramziy jamoasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya»);

Himoyachilar: Mats Xummels («Borussiya» D), Ashraf Hakimiy («Borussiya» D), Alfonso Devis («Bavariya»), Yozua Kimmix («Bavariya»);

Yarim himoyachilar: Jeydon Sancho («Borussiya D.»),  David Alaba («Bavariya»), Kay Xavers («Bayer»);

Hujumchilar: Levandovski («Bavariya»), Erling Xoland («Borussiya D.»), Timo Verner («RB Leypsig»).
Manba: sport24.ru
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *