Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
“Shalke” uni sotishga majbur
 
Germaniyaning “Shalke” jamoasi yozgi transfer oynasi chog‘ida UYEston Makkennini transferga qo‘yishni reja qilgan.
“SBS Sport”ning ma’lum qilishicha, 21 yoshli amerikalik futbolchini klub pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy muammolar sababli transferga qo‘ygan.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Shalke” UYEstonni 25 million yevro evaziga sotib yuborishga tayyor.
Rebich qoladimi?
 
Milanning “Milan” klubi jamoa hujumchisi Ante Rebich borasida yakuniy qarorga keldi.
Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, “rossonerilar” xorvatiyalik hujumchining transferi uchun 25 million yevro ajratadi.
Eslatib o‘tamiz, Rebichning transfer huquqi “Ayntraxt” jamoasiga tegishli.
Dayer hammani hayratda qoldirdi
 
Londonning “Tottenhem” jamoasi yarim himoyachisi Erkin Dayer jamoa bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi. U klubga o‘z shartlarini qo‘ydi.
London klubining Erik bilan tuzilgan shartnomasi kelasi yil o‘z yakuniga yetadi. Shu sababli, futbolchi o‘z maoshini haftasiga 60 ming yevrogacha ko‘tarislarini talab qilmoqda.
“The Sun” nashrining ma’lum qilishicha, agar Dayer bilan shartnoma imzolashning iloji bo‘lmasa, klub yozda yozda transferga qo‘yadi.
“Lester”ga “Real” futbolchisi kerak
 
Angliyaning “Lester” jamoasi “Real Madrid” hujumchisi Luka Yovich bilan shartnoma imzolash niyatida.
“Daily Star”ning ma’lum qilishicha, “tulkilar” 22 yoshli hujumchini qo‘lga kiritish maqsadida “qaymoqranglilar”ga 31 million funt taklif etgan.
Manbaning ma’lum qilishich, Yovich bilan shuningdek “Arsenal”, “Chelsi” va “Napoli” klublari ham qiziqib qolgan.
Tolisso qoladimi?
 
Myunhenning “Bavariya” klubi Kerentin Tolisso yozda hech qayerga ketmasligi mumkin.
“Bild”nashrining ma’lum qilishicha, Agar Tiago Alkantara va Xavi Martineslardan biri klubni tark etsa, Tolisso “Bavariya”da qoladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Bavariya” Kerentin borasida yaxshi taklif olsa, uni o‘ylab o‘tirmay sotib yuborishga tayyor.
Sarr Bundesligada?

Fransiyaning “Nissa” jamoasi himoyachisi Malang Sarr yozda kuchliroq chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin,
“Daily Star”ning ma’lum qilishicha, 21 yoshli futbolchi bilan “Arsenal” va “RB Leypsig” klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Sarr fransuz klubi uchun 4 mavsumdan beri to‘p tepmoqda. U “Liga 1” musobaqasida 102 ta o‘yin o‘tkazdi va 3 ta gol kiritdi.

345   
Добавить комментарий
Ваше имя: *