Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL kechagi o‘yinlarning barchasida penalti belgilashda hakamlar xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi

APL kechagi o‘yinlarning barchasida penalti belgilashda hakamlar xatoga yo‘l qo‘yganini tan oldi

Автор: admin

VAR ham yordam bermadi.
Angliya premer-ligasi kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning barchasida hakamlar tomonidan penalti belgilashda xatolarga yo‘l qo‘yilganini tan oldi.
Jumladan, «Aston Villa» – «Manchester Yunayted» (0:3) uchrashuvining birinchi bo‘limida hakam 11 metrlik jarima zarbasini noo‘rin belgiladi, bundan esa “qizil iblislar” a’zosi Brunu Fernandesh unumli foydalandi.
«Everton» – «Sautgempton» (1:1) bahsida belgilangan penalti ham noo‘rin belgilangan. Ammo, Jeyms Uord-Prouz ushbu penaltini golga aylantira olmadi.
Aksincha, «Bornmut» – «Tottenxem» (0:0) o‘yinida esa bosh hakam Xarri Keynga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penalti belgilamagan
150   
Добавить комментарий
Ваше имя: *