Goal24.uz » Chempionlar ligasi » YeCHL chorakfinaliga qur’a tashlandi: Ronaldu «Real»ga qarshi o‘ynashi mumkin, finalda klasiko bo‘lmaydi

YeCHL chorakfinaliga qur’a tashlandi: Ronaldu «Real»ga qarshi o‘ynashi mumkin, finalda klasiko bo‘lmaydi

Автор: admin

Shveysariyaning Non shahrida Yevropa chempionlar ligasining chorakfinal va yarimfinal o‘yinlariga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, 1/8 finalning javob o‘yinlarini o‘tkazmagan jamoalar ham chorak finaldagi raqiblarini bilib olishdi.
Demak chorakfinal juftliklari quyidagicha ko‘rinish oldi:
«Manchester Siti»/«Real» – «Yuventus»/«Lion»
«Leypsig» – «Atletiko»
«Barselona»/«Napoli» – «Bavariya»/«Chelsi»
«Atalanta» – «PSJ».
Nimchorakfinalning javob o‘yinlarini o‘tkazishga ulgurmagan jamoalar o‘yinlarni javob o‘yinida mezbon bo‘lgan jamoa stadionida o‘tkazgach, chorak finalning barcha o‘yinlari Portugaliyada turnir ko‘rinishida o‘tadi.
Masalan, «Manchester Siti» – «Real» juftligining javob o‘yini 8 avgust kuni Angliyada o‘tkaziladi (Madriddagi o‘yinda «Manchester Siti» 2:1 hisobida g‘alaba qozongan). «Barselona» – «Napoli» juftligining javob o‘yini 8 avgust kuni Ispaniyada bo‘ladi (Neapoldagi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan). «Bavariya» – «Chelsi» juftligining javob o‘yini 8 avgust kuni Germaniyada o‘tadi (Londondagi o‘yinda «Bavariya» 3:0 hisobida g‘alaba qozongan).
Chorakfinal va yarimfinalning barcha o‘yinlari Portugaliyada o‘tkaziladi. O‘yinlarga muxlislar kiritilmaydi. Yarim final setkasi ham aniq bo‘ldi. Unga ko‘ra «Manchester Siti»/«Real» – «Yuventus»/«Lion» juftligi g‘olibi «Barselona»/«Napoli» – «Bavariya»/«Chelsi» juftligi g‘olibi bilan final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi. «Leypsig» – «Atletiko» juftligi g‘olibi esa hal qiluvchi o‘yinga yo‘llanma olish uchun «Atalanta» – «PSJ» juftligiga qarshi maydonga tushadi.
Chorakfinal va yarimfinalning barcha o‘yinlari bitta uchrashuvdan iborat bo‘ladi.
304   
Добавить комментарий
Ваше имя: *