Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Brunu Fernandesh ketma-ket ikkinchi marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Brunu Fernandesh ketma-ket ikkinchi marta APLda oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Angliya Premer-ligasining iyun oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 
Portugaliyalik futbolchi Angliyaga kelib, ketma-ket ikkinchi marta oy laureatiga aylandi. Bruno o‘tgan oyda Premer-liga bahslarida 3ta golga mualliflik qilgan. 
Sovrin uchun Fernandeshdan tashqari Antoni Marsyal («Manchester Yunayted»), Konor Koudi («Vulverhempton»), Raul Ximenes («Vulverhempton»), Allan Sen-Maksimen («Nyukasl») va Denni Ingz («Sauthempton») da’vogarlik qilgandi.
25 yoshli portugaliyalik futbolchi karantinga qadar fevral oyida ham oy laureatiga aylangandi. Bungacha faqatgina 6 futbolchi – Muhammad Saloh, Jeymi Vardi, Harri Keyn, Krishtianu Ronaldu, Dennis Bergkamp va Robbi Fauler ushbu sovrinni ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritgan.
120   
Добавить комментарий
Ваше имя: *