Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Ibrahimovich «Milan»da qoladimi? Zlatanning o‘zi javob berdi

Ibrahimovich «Milan»da qoladimi? Zlatanning o‘zi javob berdi

Автор: admin

«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich o‘zining kelajagi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Ibra qandaydir sovrin yutish uchun o‘ynaydi, aks holda uyda qoladi. Menga AQSHda o‘ynash oson ekanini aytishgan edi, shuning uchun men «Milan»ga qaytdim. Men bu yerga futboldan zavq olish uchun kelganman. Chunki asosan tekinga o‘ynayapman. Koronavirus chempionatni to‘xtatib qo‘yganida o‘ylagandimki, kimdir menga ketishim kerakligini shipshitib qo‘yadi. Baxtimizga, maydonga qaytdik.

Ibra futbol o‘ynash uchun tug‘ilgan va hamon futbolda eng yaxshi bo‘lishda davom etmoqda. Ko‘ramiz, ikki oylik tanaffusdan keyin o‘zimni qanday his qilarkanman. Shuningdek, ko‘ramiz, klubda qanday o‘zgarish ro‘y berarkan. Shunday davom etsa, «Milan»da qolmasam kerak. Zlatan — Yevropa ligasi o‘yinchisi emas. «Milan» — Yevropa ligasi klubi emas», — dedi Zlatan "Sportweek" jurnaliga bergan intervyusida.

38 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetdi. Zlatan «Milan»ga o‘tganidan keyin Italiya chempionati doirasida 11ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi. "Rossoneri" jadvalda 7-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa Yevropa ligasi yo‘llanmasiga beriladigan o‘rindan 2 ochko ortda qolmoqda.
Manba: sport24.ru
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *