Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zinedin Zidan: “Real” hali hech narsa yutmaganligini takrorlashdan charchadim

Zinedin Zidan: “Real” hali hech narsa yutmaganligini takrorlashdan charchadim

Автор: admin

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati 34-turidan o‘rin olgan “Alaves”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“O‘yin qiyin kechadi. Buni raqibning musobaqa jadvalidagi o‘rni (17) bilan ham bog‘lasa bo‘ladi. Bundan tashqari, har doim o‘yinlar qiyin bo‘lgan. “Alaves”ga qarshi o‘yin ham juda qiyin bo‘lishi, shubhasiz, ammo biz maydonga chiqib g‘alaba qozonishni xohlaymiz.
Biz hali hech narsa yutganimiz yo‘q. Oldimizda to‘rtta final bor. Har doim faqat bir gapni takrorlayotganimdan o‘zim ham afsusdaman. Men ham bundan charchadim, lekin bu haqiqat. Biz hali hech nimani qo‘lga kiritmadik, shunchaki, qilayotgan ishimizni davom ettirishni xohlaymiz.
Bellashuv qiyin kechadi. Nima bo‘lishi haqida oldindan gapirmaymiz. Faqat shuni aytishim mumkinki, bizga oson bo‘lmaydi. Bu juda og‘ir o‘yin bo‘ladi, yana bir final. Oldinda yana to‘rtta o‘yin bor”, — deydi Zidan.
“Real” “Barselona”ni bir ochkoga ortda qoldirgan holda, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Madrid klubining “Alaves”ga qarshi bellashuvi bilan o‘yinlar soni tenglashadi.
182   
Добавить комментарий
Ваше имя: *