Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Pavel Nedved Chempionlar ligasida g‘oliblikka da’vogar klublarni aytdi

Pavel Nedved Chempionlar ligasida g‘oliblikka da’vogar klublarni aytdi

Автор: admin

«Yuventus» vise-prezident Pavel Nedved Yevropa chempionlar ligasi qur’asi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, agar turinliklar nimchorak finalda «Lion» to‘sig‘idan o‘tishsa, chorak finalda «Real» — «Manchester Siti» juftligi g‘olibiga qarshi to‘qnash kelishadi.

«Avvalo biz «Lion» to‘sig‘idan o‘tishimiz kerak. Keyin esa bizni qiyin bosqich kutib turibdi. Chorak finalda raqib tanlash hamisha qiyin. Chunki, bu bosqichda kuchsiz raqib qolmaydi.

«Real» va «Manchester Siti» sovrin uchun asosiy da’vogarlar hisoblanishadi. Har qanday holatda ham bizni qiyin raqib kutib turibdi», — dedi Nedved UYEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

«Yuventus» nimchorak final bosqichining dastlabki uchrashuvini safarda o‘tkazib, «Lion» 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. «Manchester Siti» esa safarda «Real»ni mag‘lub etdi (2:1). Javob o‘yinlari 7 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Manba: sport24.ru
196   
Добавить комментарий
Ваше имя: *