Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola «Manchester Siti»dan diskvalifikatsiya olib tashlanishiga ishonmoqda

Gvardiola «Manchester Siti»dan diskvalifikatsiya olib tashlanishiga ishonmoqda

Автор: admin

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoasining Chempionlar Ligasi keyingi mavsumida ishtirok etishiga ishonyapti.
«Har bir mavsumning maqsadi – Chempionlar Ligasida ishtirok etib, g‘olib chiqishga intilish. Gap dushanba kungi sudda nima bo‘lishi haqida ketmayapti.
Klub keltirayotgan dalillarni ko‘rdim, ishonchim komil, biz keyingi mavsumda ham musobaqada ishtirok etamiz. Ammo hozircha kutib turamiz. Sud qaroridan keyin o‘zim yoki klub bayonot beradi», – deb Gvardiola so‘zlarini keltirmoqda Manchester Evening News.
Avvalroq UEFA «Manchester Siti»ni moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun 2 mavsumga yevrokuboklardan chetlatib, 30 mln yevro miqdorida jarimaga tortgan edi. Shundan so‘ng, klub Sport arbitraj sudiga bu qaror ustidan apellyatsiya berdi. 13 iyul kuni «Manchester Siti»ning shikoyati ko‘rib chiqiladi.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *